Turgunov Mahmud Urayimjonovich
Texnik direktor
Telefon: 71-202-35-02
E-pochta: tex.direktor@crrt.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning chorshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
E-pochta: tex.direktor@crrt.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning chorshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
Ko‘rib chiqaladigan masalalari:
- O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, davlat standartlari talablariga muvofiq, radioaloqa va teleradioyeshittirish tarmoqlari, antenna-fider qurilmalari, elektr taʼminoti tizimlari, klimatexnika vositalari, dizel qurilmalarini, radioyeshittirish tarmoqlarining texnik ekspluatatsiyasi hamda uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlaydi;
- radioaloqa, radioyeshittirish va televideniye tarmoqlari va tizimlarini, antenna-fider qurilmalari, elektr taʼminot tizimlari, klimatexnika vositalari, dizel qurilmalari, teleradioyeshittirish tarmoqlari qurilmalarini meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq tadqiqotlar o‘tkazish, rejalashtirish, loyihalash va qurish, rivojlantirish, takomillashtirish, modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtiradi, elektron uskunalar ishining elektromagnit mosligini taʼminlaydi;
- korxona va uning hududiy filiallarida axborot xavfsizligini taʼminlash, obyektlarga kirish-chiqishda xavfsizlikni taʼminlash tadbirlarini amalga oshirishni taʼminlaydi;
- teleradioyeshittirishning texnik va texnologik qurilmalarini takomillashtirish va modernizatsiya qilish, sifatni boshqarish, biriktirilgan chastota resurslaridan samarali foydalanish, tegishli sertifikatlash va tekshiruvlarni o‘tkazish, tegishli ruxsatnomalarni olish bo‘yicha yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
- korxona obyektlari, inshootlar, qurilma va tarmoqlarning ishlashiga noqonuniy xalaqitlar, tashqi taʼsirlarga qarshi ishonchli ximoya va xavfsizlikni aʼminlash bo‘yicha samarali choralarni amalga oshiradi;
- korxona obyektlari, inshoot, qurilma va tarmoqlari xavfsizligini, uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash, monitoring qilish, favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.