Tashpulatov Shoakbar Sharustamovich
Bosh direktor
Telefon: 71-202-35-49
E-pochta: info@crrt.uz, crrt@exat.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
E-pochta: info@crrt.uz, crrt@exat.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:
- korxonaning teleradiodasturlarni uzatish, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tizimlari va tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, loyihalash-qurish, xizmat ko‘rsatish faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- korxona va uning hududiy filiallarining moliyaviy natijalarini yaxshilash, daromadlarni oshirish, rentabillikni ta’minlash uchun korxonaning texnik, moliyaviy-iqtisodiy faoliyati, tarif va narx, boshqaruv marketing, kadrlar siyosatini takomillashtirish ishlarini tashkil etishda bevosita rahbarlik qiladi;
- korxonada marketing tadqiqotlari, moliyaviy monitoring, yillik istiqbolli biznes-rejalarni ishlab chiqish, korxonaning qisqa va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
- korxona va uning hududiy filiallarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi va tasdiqlangan shtat birligi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishadi;
- korxonaning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqaruv organlari bilan korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabati va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- korxona va uning hududiy filiallarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek korxona ob’ektlarining xavfsizligi, uzluksiz va xavfsiz ishlashini, shu jumladan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tegishli shartnoma (kontrakt) larni imzolaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- davlat organlari tomonidan tuziladigan komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlarga qatnashadi yoki ushbu yo‘nalishdagi mas’ul mansabdor shaxslarni ishtirok etishini ta’minlaydi;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining buyruqlari, qarorlari va boshqa vakolatli hujjatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.