Sabirov Muradjan Maxmudovich
Bosh direktor
Telefon: 71-202-35-49
E-pochta: info@crrt.uz, crrt@exat.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
E-pochta: info@crrt.uz, crrt@exat.uz
Qabul kunlari va vaqti: haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha
Ko‘rib chiqiladigan masalalar:
- korxonaning teleradiodasturlarni uzatish, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tizimlari va tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, loyihalash-qurish, xizmat ko‘rsatish faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- korxona va uning hududiy filiallarining moliyaviy natijalarini yaxshilash, daromadlarni oshirish, rentabillikni ta’minlash uchun korxonaning texnik, moliyaviy-iqtisodiy faoliyati, tarif va narx, boshqaruv marketing, kadrlar siyosatini takomillashtirish ishlarini tashkil etishda bevosita rahbarlik qiladi;
- korxonada marketing tadqiqotlari, moliyaviy monitoring, yillik istiqbolli biznes-rejalarni ishlab chiqish, korxonaning qisqa va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
- korxona va uning hududiy filiallarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi va tasdiqlangan shtat birligi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishadi;
- korxonaning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqaruv organlari bilan korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabati va faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- korxona va uning hududiy filiallarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek korxona ob’ektlarining xavfsizligi, uzluksiz va xavfsiz ishlashini, shu jumladan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan tegishli shartnoma (kontrakt) larni imzolaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- davlat organlari tomonidan tuziladigan komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlarga qatnashadi yoki ushbu yo‘nalishdagi mas’ul mansabdor shaxslarni ishtirok etishini ta’minlaydi;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining buyruqlari, qarorlari va boshqa vakolatli hujjatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.