AKT sohasining bir guruh vakillari taqdirlandilar.
AKT vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 449-son buyrug‘iga ko‘ra Vazirlik va uning tizimidagi korxona tashkilotlarni Vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlangan soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni AKT vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich olib bordi.
Tadbir jarayonida 5 ta “Mohir aloqachi”, 33 ta “Faxriy yorliq” va 29 ta “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan jami 67 ta soha vakillari taqdirlandilar.
AKT vazirligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni mukofotlar bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusida bundanda yuksak unvonlar, mukofotlar barcha soha vakillariga nasib qilishini tilab qolamiz.
Yana bir bor mukofotlar qutlug‘ bo‘lsin aziz hamkasblar!
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.