10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Qatrada quyosh aks etganidek, jonajon Oʻzbekistonimizning asl sifati, rostmana taʼrifu tavsifi davlatimiz madhiyasida namoyon.
Ushbu mukammal badiiy asar Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli sanʼat arbobi, benazir kompozitor Mutal Burhonov tomonidan ancha mehnatu mashaqqat bilan yaratilgan.
Davlatimiz madhiyasi yangraganda, Vatanimizning kuch-qudrati, xalqimizning shavkatu shoni, kelajakka ishonch va yurtga sadoqat tuygʻulari qalblarni toʻlqinlantiradi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.