“RRTM” DUK xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yoʼnalishlari, korxonada korrupsiyaning oldini olishga qaratilg preventiv mexanizmlar” mavzusida seminar tashkil etildi
Mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, “RRTM” DUK markaziy apparati va hududiy RTUMlar xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yoʼnalishlari, korxonada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlar” mavzusida videokonferensiya aloqa shaklida seminar tashkil etildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan Korrupsiyani oldini olish va komplans-nazorat tizmini joriy etish boshqarmasi mas’ul xodimi Nodira Kirimbaevna ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan mas'ullar korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladigan illat ekanligini taʼkidlashdi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.