DAB+ (Digital Audio Broadcasting) standartida raqamli radioeshittirishi endi Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2021 yil 1 fevralda tasdiqlangan 135-son bayoniga asosan, mamlakatimizda radioeshittirishning raqamli tarmoqlarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkent shahrida DAB+ standartida radioeshittirishni test rejimida efirga uzatilishini yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergan edik.Endilikda raqamli radioeshittirishni joriy etishni davom ettirish maqsadida Samarqand shahrida raqamli radiokanallarni efirga uzatish uchun tegishli qurilmalar chet eldan olib kelinib, “Radioaloqa radioeshittirish va televideniye markazi” DUK mutaxassislari tomonidan Cho‘pon-ota radioteluzatish stansiyasi orqali 16 ta davlat va nodavlat radiokanallar DAB+ standartida sinov tariqasida efirga uzatish yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari olib borilmoqda.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.