“RRTM” DUK va SES kompaniyasi o‘rtasida Sunʼiy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va maʼlumotlarni uzatish yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
“RRTM” DUK 2015-yildan buyon SES kompaniyasi bilan hamkorlikda NSS12 sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalangan holda respublikamizning aloqa infrastrukturasi mavjud bo‘lmagan, olis aholi yashash hududlarida o‘rnatilgan kam quvvatli uzatkichlarga televizion signallarini yetkazib berish orqali umumfoydalanishdagi teleradiokanallar qamrovi bilan taʼminlash bilan birga, Markaziy Osiyo va Kaspiy hududlarida ham ochiq formatda teleradiokanallarni ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan.
Bugungi kunda NSS12 sunʼiy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ochiq formatda umumfoydalanishdagi televizion paketidagi 12 ta telekanallar (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Yoshlar, Sport, Madaniyat va maʼnaviyat, Dunyo bo‘ylab, O‘zbekiston tarixi, Bolajon, Mahalla, Kinoteatr, Navo, Foreign Languages) va 4 ta radiokanal (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Yoshlar, Mahalla) hamda Xalq taʼlim vazirligining 3 ta onlayn-maktab rukni ostida telekanallar uzatilishi taʼminlab kelinmoqda.SES kompaniyasi taklifiga binoan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi vakillari, “RRTM” DUK va “Uzdigital” MCHJ rahbariyati SES kompaniyasining Lyuksemburg davlatidagi bosh ofisiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida SES kompaniyasining DTT (Digital Terrestrial Televizion), DTH (Direst To Home), OTT (Over-The-Top), Broadband Keng polosali (keng polosali maʼlumotlarni uzatish xizmatlari), SKALA (boshqariladigan xizmatlar) yangi texnologiyalari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, SES kompaniyasi rahbariyati bilan sunʼiy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va maʼlumotlarni uzatish yo‘nalishdagi yangi loyihalarni joriy etish va mavjud imkoniyatlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.