🇺🇿 Xotira va Qadrlash Kuni bilan!
“RRTM” MChJ jamoasi barchani ushbu muhim va qadrli sana bilan tabriklaydi.
9-may – jasorat, matonat va qahramonlikni yodga soladigan alohida sana. Bu kun Vatanini sadoqat bilan himoya qilib, kelajak avlodlarga tinch osmon hadya etgan insonlarni chuqur hurmat bilan eslash kunidir.
Shu munosabat bilan RRTM MChJ va hududiy markazlarida xodimlar hamda korxonada uzoq yillar faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari ishtirokida “3 AVLOD” uchrashuv tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida radiotelevideniya sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, yosh xodimlarni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi.
Tadbir samimiy va qizg‘in ruhda o‘tib, xodimlarning sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
🌟 Yurtimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin, har bir xonadonda tinchlik, mehr va farovonlik hukm sursin.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.