7-may – Aloqa sohasi xodimlari kuni 📡
Bugun zamonaviy kommunikatsiyalar ortida turgan, har kuni uzluksiz aloqa, sifatli televideniye va barqaror tizimlar ishlashi uchun mehnat qilayotgan barcha soha vakillarining kasb bayrami.
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazimizda uzoq yillardan buyon fidoyilik bilan faoliyat yuritib kelayotgan, o‘z mehnati, mas’uliyati va professionalligi bilan jamoamiz rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha xodimlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Kasb bayrami munosabati bilan bir qator xodimlarimiz jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi va samarali faoliyati uchun taqdirlandi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, yangi yutuqlar va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak! 🎊
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.