Hurmatli abonentlar!
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi uchun televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli uzatishni ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJ tomonidan texnik qurilmalarda yillik rejalarda belgilangan muddatlarda muntazam ravishda profilaktika ishlari olib boriladi.
Navbatdagi profilaktika ishlarini joriy yilning 20-28-noyabr kunlari soat 01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig‘ida hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazish rejalashtirilgan.
20-noyabr kuni Respublika miqyosida, shuningdek 21-28-noyabr kunlari har bir hududda navbatma-navbat, viloyatlarda faqat bir kun soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda, shuningdek davlat radiokanallarini uzatadigan radiouzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktika ishlari o‘tkaziladigan sana va vaqtni ilovadagi ( ) orqali bilib olishingiz mumkin.
Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunalari (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.