Mehnatni muhofaza qilishning yangi bosqichi: sun’iy intellekt va raqamlashtirishning o‘rni
"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" MCHJda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni doirasida xodimlar uchun "Mehnatni muhofaza qilishning yangi bosqichi: sun’iy intellekt va raqamlashtirishning o‘rni" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida sun’iy intellekt yordamida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mutaxassislar mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishda raqamlashtirishning muhimligini, xavf omillarini avtomatik aniqlash va monitoring qilishda texnologiyalarning rolini ta’kidladilar.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.