Hurmatli abonentlar!

«RRTM» MChJ huquq egalarining talabiga ko‘ra 2025-yil 1-maydan boshlab «ITV Cinema», «Shifo TV» va «Biz TV» telekanallari almashtirilishini ma’lum qiladi. Ularning o‘rniga abonentlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida eng ommabop va qiziqarli telekanallar efirga uzatiladi.
«ITV Cinema» telekanali «Мульт» bilan almashtiriladi, bu bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar va rivojlantiruvchi telekanal bo‘lib, zamonaviy mashhur multfilmlar hamda ta’limiy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
«Shifo TV» telekanali o‘rniga «МИР» telekanali efirga uzatiladi. Ushbu telekanal orqali tomoshabinlar MDH mamlakatlarining zamonaviy hayoti va tarixiga oid ko‘rsatuvlar bilan tanishadilar.
Shuningdek, «Biz TV» telekanali «MMA TV»ga almashtiriladi. Bu yagona tematik kanal bo‘lib, aralash yakkakurashlarga bag‘ishlangan. Kanal orqali jonli musobaqalar, sportchilar bilan suhbatlar, hujjatli filmlar va janglarning eng yorqin lahzalaridan iborat tanlovlar namoyish etiladi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.