Profilaktika ishlari


Televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJning xodimlar tomonidan yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Navbatdagi profilaktika ishlarini joriy yilning 16 aprel kuni Respublika miqyosida va 17-22 aprel kunlari har bir hududda navbatma-navbat viloyatlarda faqat bir kun soat 01:00 dan 06:00 gacha raqamli teleuzatkichlarda profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktika ishlarining sanasi va vaqti bilan ilovada (profilaktika-jadvali ) tanishishingiz mumkin.
Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.