Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri



Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishining ijrosini taʼminlash maqsadida, 20-mart bo’lib o’tgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri» doirasida korxonamizda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan “RRTM” MChJ xodimlari bevosita hamda hududiy radioteleuzatish markazi rahbar ва xodimlari bilan ochiq muloqot tarzida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan Korrupsiyani oldini olish vа komplaens-nazorat tizmini joriy etish boshqarmasi masʼul xodimi ishtirok etdi.
Taklif qilingan mutaxassis yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berdi. Korxonadagi bo‘limlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korxona xodimining faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risidagi mavzular ushbu seminar qamrov darajasini yana-da kengaytiridi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.