Profilaktika ishlari
Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MChJning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Navbatdagi profilaktika ishlarini joriy yilning 3-24 fevral kunlari soat
01:00 dan 06:00 gacha vaqt oralig‘ida hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich oʻtkazish rejalashtirilgan.
3 fevral kuni Respublika miqyosida va 4-24 fevral kunlari har bir hududda navbatma-navbat viloyatlarda faqat bir kun soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda hamda davlat radiokanallarni uzatadigan radiouzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.