“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi Qonuni maqsadi hamda mazmun-mohiyati” toʻgʻrisida videokonferensiya aloqa shaklida seminar tashkil etildi.
Mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish davlat ahamiyatiga molik masala sifatida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.Jumladan, “RRTM” DUK markaziy apparati va hududiy RTUMlar xodimlari o‘rtasida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi Qonuni maqsadi hamda mazmun-mohiyati” toʻgʻrisida videokonferensiya aloqa shaklida seminar tashkil etildi.Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan Korrupsiyani oldini olish va komplans-nazorat tizmini joriy etish boshqarmasi mas’ul xodimi Nodira Kirimbaevna ishtirok etdi.Taklif qilingan mutaxassis yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berdi. Korxonadagi boʻlimlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korxona xodimining faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish to’g'risidagi mavzular ushbu seminar qamrov darajasini yanada kengaytiridi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.