O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan korxona fidoyilari munosib taqdirlandi
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan korxona fidoyilari munosib taqdirlandi.
Aloqa sohasida olib borayotgan samarali va fidokorona mehnatlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan «RRTM» DUKning 3 nafar xodimlari idoraviy mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.Shuningdek korxona rivojiga va ishlab-chiqarish samaradorligini oshirishga fidokorona mehnatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar «RRTM» DUKning “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandilar.
Shu munosabat bilan 7 may kuni «RRTM» DUKda videokonferensiya aloqa shaklida faxriy unvonlarga va mukofotlarga sazovor bo‘lgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.