Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda…
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini tashkil etish, Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 3-sonli Radiostansiya hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan bugungi “ ko‘chat ekish” tadbirida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xodimlari yeng shimarib mehnat qilishdi.
Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, aholi turarjoylari atrofini bundanda ko‘rkam ko‘rinishga keltirish yashil va yashil hududga aylantirishga dan iboratdir.
Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.