Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali , mevali daraxtlar va buta ko’chatlari hamda qalamchalarini ekish bo’yicha, hududda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini keng miqyosda olib borilmoqda.Mazkur tadbirlarda “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga qarashli hududiy RTUMlar oʻzining munosib hissasini qoʻshib, ushbu loyiha doirasida qator tadbirlarni oʻtkazib kelmoqda.Jumladan, Qoraqalpogʻiston respublikasi, Fargʻona, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari RTUM rahbar va xodimlar ishtirokida koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirdi.Tashkil etilgan tadbirlarda 12 360 ta mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.Tadbirlar davom etmoqda…
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.