“Radioaloqa radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy-texnik laboratoriyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida “Radioaloqa radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil qilingan ilmiy-texnik laboratoriyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Xalqaro mezonlar asosida universitetda ta’lim sifatini hamda ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini yanada oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlar ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida, Universitet binosidagi auditoriyani innovatsion va zamon talablariga mos ravishda ta’mirlangan bo’lib, tegishli barcha laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan.
Kelajakdan ushbu tashkil qilingan ilmiy-texnik laboratoriya talabalar uchun keng ko‘lamli sharoitlar yaratib berish bilan birga aloqa sohasi rivojiga hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.