“O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda “Radioaloqa radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘limlari xodimlari bevosita, shuningdek, hududiy radioteleuzatish markazi rahbar va xodimlari videokonferensiya ko‘rinishida ishtirok etishdi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti katta o'qituvchisi Sabohat Bozorova o‘zbek tili to‘g‘risida tarixiy maʼlumotlarini bayon etib, o‘zbek tilini davlat tili sifatida maqomi mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdilar.
Darhaqiqat, "tilga eʼtibor - elga eʼtibor" demakdir, zotan o‘zbek tili bizning milliy qadriyatimiz va merosimizdir.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.