Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mavzusida seminar o’tkazildi
“Korxonada Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish maqsadida, “RRTM” DUK xodimlari ishtirokida mazkur mavzu bo’yicha seminarda o’tkazildi.
Korxona bosh yuristkonsulti G‘. Eshqobilov hamda Komplayens va korrupsiyaviy xavflarni aniqlash bo‘yicha mas’ul F.Sirojiddinov mavzu doirasida tegishli tushunchalar berishdi.
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilayotganligini, jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar, raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha birdek masʼuldirlar deyildi seminar yakunida.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.