Qoraqalpog’iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkazildi
Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 7-fevraldagi 16-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “RRTM” DUK va uning hududiy RTUM rahbariyati tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida sayyor qabul yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“RRTM” DUK Kapital qurilish bo’yicha direktori A.Raximov korxona faoliyati xususida va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat organlari rahbarlarini qabulida bo‘lish imkoniyatlari to‘g‘risida, hozirgi kunda yuqori quvvatli Taxtako‘pir radiotelevizion stansiyasida o‘rnatilgan analog radiouzatkich hamda raqamli teleuzatgichlar orqali efirga uzatilayotgan davlat va nodavlat teleradio dasturlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berdi.
Shuningdek mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan soha tizimidagi masʼul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
O‘rganish qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.