Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 fevral 2023 yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–57-son qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida “RRTM” DUK tasarrufidagi Toshkent teleminorasida quvvati 70kWt hamda Surxondaryo RTUM Uchqizil RTSiga quvvati 20 kW ON-GRID tizimida ishlovchi “GROWATT” nomli quyosh elektr stansiyalari o’rnatildi.
Teleminora kirish hududida jami 130 ta, Uchqizil RTSida esa 250 kv.m maydoniga 37 dona A klassli monokristal quyosh panellari o’rnatilgan bo’lib, har bir panellar 540 Wni tashkil qiladi.
Birgina Uchqizil RTS miqyosida ON-GRID tizimida ishlovchi quyosh elektr stansiyasi o’rnatilgandan so’ng bir kunda 25-30 kW, bir oyda esa o’rtacha 1000 (ming) kW/s elektr energiyasi tejalishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplashda muhim o’rin tutadi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.