“RRTM” DUK xodimlari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimi” mavzusida huquqiy o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Odob-ahloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga qarshi kurshish komissiya raisi M. Turgunov, Korxona Bosh huquqiy maslaxatchisi G‘. Eshqobilov hamda Komplayens va korrupsiyaviy xavflarni aniqlash bo‘yicha masʼul F.Sirojiddinovlar mavzu doirasi seminarda qatnashchilariga umumiy, huquqiy amaliy tushunchalar berishdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompaens nazorat tizimi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, vazirlik buyruqlariga va hay’ati qarorlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi buyruq, farmoyish, bayonlari hamda Korxona lokal hujjatlari asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishini xodimlarga chuqur tushuntirldi.
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan illat ekanligini taʼkidlashdi.
Shuningdek, Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangani, barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z shaʼni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kamtar, xushmuomalada bo‘lishi, hech kimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lmasligi, fuqarolarni qabul qilishda o‘zining xolisligi va beg‘arazligini namoyon etishi va eng asosiysi manfaatlar to‘qnashuviga yo’l qo’ymaslik lozimligi ishtirokchilarga va tegishli mas’ullarga chuqur tushuntirldi.
Shundan so‘ng, mavzuga doir savollarga javob berdi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarini olishdi.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.