“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazildi
Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan 2023 yil 18 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazildi. Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirildi.
Unda “RRTM” DUK markaziy apparati va hududiy RTUM xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.