Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Korxonada Korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarshi boshqa talablar” mavzusida umumiy tushunchalarga ega bo’lish maqsadida, “RRTM” DUK markaziy apparati xodimlari bevosita hamda hududiy radioteleuzatish markazi rahbar va xodimlari bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazildi.
Shuningdek, mazkur yig’ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan Korrupsiyani oldini olish va komplans-nazorat tizmini joriy etish boshqarmasi mas’ul xodimi Nodira Kirimbaevna ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur еtkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan illat ekanligini taʼkidlashdi.
Umuman olganda, manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiya hodisasiga so‘zning maʼnosidan kelib chiqib yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki maʼnaviy buzilish holatidir.
Shunday ekan, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha birdek masʼuldirlar.

Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.