Nodavlat telekanallar qamrovi kengaytirildi
Uzoq yillar mobaynida Respublikamizning uzoq va borishi qiyin boʼlgan aholi yashash maskanlaridan nodavlat telekanallarni koʼrish istagi toʼgʼrisida koʼplab murojaatlar kelib tushgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2157-son qarori bilan "Oʼzbekiston Respublikasida yer usti raqamli televideniye tarmogʼini rivojlantirish" investitsion loyihasi doirasida bir qator raqamli televidenie qurilmalari keltirilib ishga tushirilgan.
2017 yildan boshlab Respublikaning uzoq va borishi qiyin boʼlgan aholi yashash maskanlariga sunʼiy yoʼldosh aloqa tizimi orqali 12 ta davlat telekanallari tarqatilishi yoʼlga qoʼyilgan edi.
Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchilar aholining nodavlat telekanallarni uzatilishini taʼminlab berish yuzasidan murojaatlariga javoban, “Navroʼz” bayramini munosib kutib olish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan “RRTM” DUK tomonidan qoʼshimcha Sevimli TV, MY5, Milliy TV, Zo‘r TV, Uzreport va FTV nodavlat telekanallari sunʼiy yoʼldosh aloqa tizimi orqali test rejimida aholiga tarqatilishi yoʼlga qoʼyildi.
Hozirda Respublikamizning chekka hududlarida joylashgan aholilariga 18 ta telekanallar tarqatilmoqda.

Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.