“Yashil makon” loyihasi doirasida “Aloqachilar bog‘i” tashkil etildi
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish - xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri.
Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bardavom etgan holda AKT vazirlik tashabbusi bilan Vazirlik tizimidagi “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” davlat unitar korxonasiga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 3-sonli Radiostansiya hududida 3 gektarli yer maydoni ajratilib, “Aloqachilar bog‘i” tashkil etildi.
Joriy yil 24 dekabrda AKT vazirligi va “RRTM” DUK rahbarlar va xodimlari umummilliy loyihasiga o‘zlarini hissalarini qo‘shib, tashkil etilayotgan “Aloqachilar bog‘i”da ekilishi rejalashtirilgan 400 tup olma, 400 tup gilos, 400 tup bodom, 400 tup yong‘oq daraxtlarning ilk tuplari yerga qadaldi.
Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, “Aloqachilar bog‘i” yaratib, yashil hududga aylantirishga va aholi turarjoylari atrofini bundanda ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iboratdir.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.