Çamlica Tower endi O'zbekistonda!
2022-yil 13-dekabr kuni Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Toshkent teleminorasiga Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Çamlica Tower (Chamlidja radiotelevizion minorasi) maketi taqdim qilindi.
Çamlica Tower 2015-2019-yillarda qurilgan bo'lib, rasmiy ochilish marosimi 2021-yil may oyida bo'lib o'tgan.
Umumiy balandligi yer sathidan 369 metr, dengiz sathidan 587 metr.
Arxitektor: Melike Altinsik Architects.
Asosiy faoliyat turi: Telekommunikatsiya, observatoriya va restoran.
Jami qavatlar soni: 49 ta (4ta yer ostida 45ta yer ustida)
2ta tomosha maydoni: 148.5metr(33-qavat) 153 metr (34-qavat)
2ta Restoran: 175.5 metr (39-qavat) 180 metr (40-qavat)
Shuningdek, majmuadan ko'rgazma zali va amfiteatr ham joy olgan.
2020-yilning sentabr holatiga dunyoda birinchilardan bo'lib, chastotasi va quvvati bir-biriga halaqit bermagan holda 100 ta radiokanal efirga tarqatila boshlangan.
Fikringizni yozib qoldiring
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.
* - Majburiy maydonlar.