Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

“DO‘STLIK” ORDENI

2005 yilda O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun "RRTM" ДУК Buxoro radioteleuzatish markazi xodimi NABIYEV BAXTIYOR AVEZOVICH “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

 

 

“R​adioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Buxoro radioteleuzatish markazi Olot radiotelestansiyasi katta elektromexanigi Nabiyev Baxtiyor Avezovich 19 yillik ish faoliyatida Buxoro radioteleuzatish markazi tomonidan aholiga teleradiodastularni sifatli va uzluksiz yetkazilishiga o‘zining katta hissalarini qo‘shib kelmoqda.   
2016-2017 yy Buxoro viloyatining Qizilravot, Gazli, Zafarobod, Olot va Qorovulbozor hududlari raqamli teleuzatgichlarni o‘rnatilishida faol ishtirok etib, raqamli formatda teledasturlar efirga uzatilishi taʼminlangan. 

2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat natijasida Olot va Qorako‘l radiotelestansiyalariga jiddiy talofot yetishi oqibatlarini bartaraf etishda faol qatnashib, Qorako‘l radiotelestansiyasida ikkita qulagan machta minorasida demontaj ishlarini va Qorako‘l radiotelestansiyasida ikkita yangi o‘rnatilgan machta minorasida antenna fider qurilmalarni montaj ishlarida faol qatnashdi va teledasturlarni uzatilishi tiklandi.
Nabiyev Baxtiyor Avezovich Olot radiotelestansiyasidagi barcha uzatgichlarni benuqson ishlashini taʼminlashda o‘z bilim va tajribasiga tayanib ish ko‘rishi o‘z navbatida korxona tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ijobiy taʼsir ko‘rsatmay qolmaydi. 
Nabiyev Baxtiyor Avezovich o‘z kasbini mohir ustasi, intizomli, mehnatsevar, fidoyi va kamtar inson sifatida hamkasblari va mahalladoshlari hurmatiga sazovor xodimlardan biri bo‘lib, Korxonaning faxri hisoblanadi.