Yer sun’iy yo’ldoshi aloqa tizimiga raqamli teledasturlarni uzatish-qabul qilish stansiyasini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi” hamda 2014 yil 3 apreldagi PQ-2157-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli televideniye tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasiga muvofiq, respublikada raqamli televideniyeni joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu investitsion loyihalar asosida bugungi kunda respublikaning olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li aholi yashash manzillariga DVB-T2 standartidagi raqamli teleuzatkichlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarga teledasturlar yer sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalangan holda uzatib beriladi.

Joriy yilning iyul oyida yer sun’iy yo’ldoshi aloqa tizimiga raqamli teledasturlarini uzatish-qabul qilish stansiyasini montaj ishlari yakunlanib, qurilmalarda sozlash ishlari amalga oshirilgandan so’ng, sun’iy yo’ldosh aloqa tizimiga telelasturlarni sinov tariqasida uzatib berishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda.

Teledasturlarni yer sun’iy yo’ldosh aloqa tizimiga uzatish yo’lga qo’yilgandan so’ng, uning texnik parametrlari to’g’risida qo’shimcha ma’lum qilinadi.