Yangi «O’zbekiston 24» telekanalini uzatish yo’lga qo’yildi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil qilingan yangi formatdagi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini joriy yilning 24 iyul kuni soat 10:00 dan boshlab efirga uzatilishi yo’lga qo’yildi. Ushbu telekanal ochiq to’plam tarkibidagi «Diyor» telekanali o’rnida butun Respublika hududlariga uzatilmoqda. Toshkent shahri va viloyatida parallel ravishda UzHD kanali o’rnida ham uzatilmoqda.

Shuningdek, «O‘zbekiston 24» teleradiokanalining radiokanali raqamli televideniyening ochiq to’plam tarkibidagi «Toshkent» radiosi o’rnida efirga uzatilmoqda.