Restoran
Yangilanish sanasi: 2010 yil 27 sentyabr
“Koinot” restorani 1985 yilda Toshkent teleminorasi qoshida ochilgan. Restoran ikkita savdo zaliga ega: 100 metr balandlikda – milliy uslubdagi Zangori zal va 110 metr balanlikda – yevropacha uslubdagi Alvon zal. Restoranning ikkala zali ham aylanadigan platformaga va 60 tadan o‘tirish joylariga ega. Mijozlar, restoran zallarida chiroyli bezatilgan dasturxon yonida, minora stvoli atrofida aylanadigan platformada o‘tirib, poytaxt manzarasini tomosha qiladilar. Restoran barida keng asortimentdagi spirtli ichimliklar, kokteyllar, chanqovbosdi ichimliklar va yuqori markali vinolar mavjud. Restoran oshxonasi keng assortimentdagi milliy va yevropa taomlarini tayyorlaydi. Restoranning maxsus taomlari – “Koinot” salati, zar qog‘ozdagi go‘sht, “Koinot” go‘shti va “Visotniy” ichimligi.
Restoran yakka va guruh bo‘lib tashrif buyurgan poytaxt aholisi va mehmonlarini kompleks taom bilan kutib oladi. Bugungi kunda kompleks taomning narxi bir kishiga 10000 so‘mni tashkil etadi. Bu qiymatga yengil sovuq zakuska, ½ porsiya birinchi taom, non va choy kiradi. Taomnoma mavsumga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, qo‘shimcha taomlar assortimenti taklif etiladi. 
Restoran zallarida oldindan buyurtma bo‘yicha banketlar, qabul marosimlari, korporativ ziyofatlar, romantik oqshomlar, to‘y tantanalari va boshqa oilaviy marosimlar o‘tkaziladi. Shuningdek, restoran buyurtma asosida ko‘chma kofe-breyk, shvedcha va bayram dasturxonlarini tashkil etadi. Bolalar uchun restoranda ertaklar personajlari ishtirokida tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladi. Chet ellik sayyohlar uchun oldindan buyurtma bo‘yicha tushlik, choy-meva va tantanali kechki taom dasturxonlari yoziladi.
Restoran zalida stollarga milliy uslubdagi idishlar qo‘yiladi. Zalda yengil musiqa taraladi.
Restoran va ekskursiya uchun yakka va guruh buyurtmalari 235-06-85, 235-80-34 va 235-85-34 telefonlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Restoranning ish vaqti soat 1000 dan 2300 gacha.
Dam olish kuni – dushanba.
Biz sizning tashrifingizdan doimo mamnunmiz!
“Koinot” restorani ma’muriyati
Davlat resurslari

- O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
www.aci.uz 
- Davlat Hokimiyati Portali
www.gov.uz 
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
www.uza.uz - O’zbekiston aloqa tarixi muzeyi
www.aloqamuzeyi.uz

