Restoran

Toshkent shaxrining eng baland inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi 1985-yilning 15-yanvarida foydalanishga topshirilgan. Ushbu minoraning 100 metr balandligida Tomosha maydonchasi, 105 va 110 metr balandligida “Koinot” restoranining 2 ta, yaʼni “Moviy” hamda “Alvon” zallari joylashgan. Endi ushbu tomosha maydonchasi va restoran to‘g‘risida qisqacha malumot beramiz.

Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasi va restoraniga tashrif buyurish uchun shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etgan holda belgilangan talabnomani rasmiylashtirish xamda kirish chiptasini xarid qilish zarur.

Chiptalar kattalar uchun 35 000 so‘m, bolalar (7 yoshdan 16 yoshgacha) uchun 20 000 so‘m. Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasiga va “Koinot” restoraniga kirish tariflari.

Dunyoning buyuk minoralarida mavjud bo‘lgani kabi Toshkent teleminorasining kuzatuv maydonchasi va restoraniga Germaniyaning “Tyssen Krupp” firmasida ishlab chiqarilgan tezligi 1 soniyada 4 metrni tashkil qiluvchi uchta liftlar orqali chiqiladi.

Xozirgi kunda teleminoraga tashrif buyuruvchilarga “Koinot” restoranining “Moviy” zali xizmat ko‘rsatmoqda. Restoranning o‘ziga xos jihati shundaki, uning platformali yeri minora atrofida aylanadi. 45 daqiqa ichida restoran o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanadi va tashrif buyuruvchilar  shaxarning ajoyib manzarasidan zavqlanishlari mumkin. Restoranda milliy va yevropa taomlari hamda turli xildagi ichmliklar tortiladi. 

Restoranga tashrif buyuruvchilar bu yerning ramziy ichimligiga aylangan “Osmono‘par” maxsus kokteylini tatib ko‘rishlari mumkin. Restoran va ekskursiya uchun yakka va gurux buyurtmalari 235-06-85, 235-80-34 va 235-85-34 telefonlari buyicha qabul qilinadi/

 Restoranning ish vaqti soat 10:00 dan 20:00 gacha (restoranga kirish 20:00 gacha).


Hamkorlar