A
x up auto down

«RRTM» DUK xodimlari sohaning faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi

"7-may- aloqachilarning kasb bayrami" munosabati bilan, joriy yilning 8 may kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissaslarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari hamda mobil aloqa operatorlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayramona kunda sohada mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar  sohaning “Mohir aloqachi”, “Faxriy yorliq” va “O‘z kasbining ustasi” belgisi faxriy unvonlari bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar qatorida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasining:

1.  Navoiy Radioteleuzatish markazi Langar Radiotelevizion stansiyasi boshlig‘i Mataganov Nuriddin Shodiyevich  - «Mohir aloqachi»;

2. Samarqand Radioteleuzatish markazi bosh muhandisi Alikulov Islomiddin Iskandarovich - “Faxriy yorliq”;

3. Surxondaryo Radioteleuzatish markazi Uchqizil ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi yetakchi muhandisi Musayev Mamasadiq Abdujabborovich - “O‘z kasbining ustasi” belgisi;

4. Qashqadaryo Radioteleuzatish markazi Texnik ekspluatatsiya ta’minoti xizmati boshlig‘i Raxmanov Gafurjon Razikovich - “O‘z kasbining ustasi” belgisi;

5. Andijon Radioteleuzatish markazi Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi muhandisi Chimberdiyev Mansurjon Rustamovich - “O‘z kasbining ustasi belgisi;

faxriy unvonlari bilan taqdirlanishdi.

Ushbu topshirilgan unvonlar Korxonamiz faoliyatiga berilgan e’tibor deb bilamiz hamda kelgusida yurtimiz ravnaqi, sohamiz rivoji uchun amalga oshirib kelayotgan ishlarimizni yanada samarali bajarishga chorlaydi.