A
x up auto down

Ramazon hayit muborak!

"Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi" Davlat unitar korxonasi xalqimizni mo‘tabar, qadrli, saodatli, ulug‘ ayyom - Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

 

El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, sahovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyi maʼnaviy-ruhiy hayotimizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlash, xalqimizga xos oliyjanob fazilatlar hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashga yetaklaydi.

 

Qalbimizga shodlik, ko‘zimizga nur, dasturxonimizga baraka, oilamizga tinchlik neʼmatlarini olib keluvchi Iydi Ramazon hayiti ayyomi muborak bo‘lsin!