A
x up auto down

7-may aloqachilar kuni kasb bayrami muborak bo`lsin

       

      “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” Davlat unitar korxonasi sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan tabriklaydi

      Maʼlumki, 7-may «Aloqachilar kuni» munosabati bilan soha xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlaydilar. Ushbu kasb nafaqat mahorat, balki jasorat ham talab qiladigan kasbdir!

      Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish Respublikamizdagi boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan soha xodimlari mamlakatimiz rivojiga katta hissa qo‘shmoqdalar.

      Ushbu bayramona kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan har yili sohadagi eng yaxshi rahbar va mutaxassislar “O‘z kasbining ustasi” belgisi, “Faxriy yorliq” va “Mohir aloqachi” faxriy unvonlari bilan taqdirlanadi.

      2020 yil 7 may “Aloqachilar kuni” nishonlanishi munosabati bilan aloqa sohasida olib borayotgan samarali va fidokorona mehnatlari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 6 maydagi 228-son buyrug‘i bilan “RRTM” DUKning quyidagi xodimlari Vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.

       1.“Mohir aloqachi” fahriy unvoni bilan Toshkent Radioteleuzatish markazi bosh muhandisi Qo‘chqorbekov Bekzod Islombekovich;

       2.“Faxriy yorliq” bilan Qoraqalpog‘iston Radioteleuzatish markazi bosh muhandisi Utemuratov Azamat Yerpolptovich;

       3.“O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan:

       Navoiy Radioteleuzatish markazi Taʼminot hamda bino inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi muhandis Payziyev Komiljon Xasanovich;

       Navoiy Radioteleuzatish markazi, Uchquduq radiotelevizion stansiyasi ikkinchi toifali muhandisi Nazarov Baxriddin Kenjayevich;

       Xorazm Radioteleuzatish markazi bosh muhandisi Mullayev Anvar Zinatovich.

       

      Shu bilan birga, 7 may – “Aloqachilar kuni” munosabati bilan korxonaning rivojlanishiga fidokorona mehnatlari bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagi xodimlar ham “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining “Faxriy yorligi” bilan taqdirlandilar:

      Surxondaryo Radioteleuzatish markazi Texnik ekspluatatsiyani taʼminlash xizmati birinchi toifali muhandisi Davranov Fayzulla Xo‘jakulovich;

      Xorazm Radioteleuzatish markazi bosh hisobchisi Zaripova Mavluda Saliyjanova;

      Buxoro Radioteleuzatish markazi Gazli RTS elektromexanigi Qo‘chqorbekov Quvondiq Raxmatovich;

      Qoraqalpog‘iston Radioteleuzatish markazi Taxtako‘pir RTS birinchi toifali muhandisi Tolegenov Ruslan Qurbanbayevich;

      Samarqand Radioteleuzatish markazi Nurobod RTS birinchi toifali muhandisi Mo‘minov Iskandar Alixonovich;

      Andijon Radioteleuzatish markazi Farg‘ona ekpluatatsion uchastka boshlig‘i Xasanov Abdurashid Abdumajitovich;

      Toshkent Radioteleuzatish markazi Teleradiotarmoqlarini boshqarish sexi yetakchi muhandisi Niyazov Farrux Xusanovich;

      "RRTM” DUK bosh buxgalterii Nurdinov Izzatbek Obidjonovich;

      “RRTM” DUK Axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘limi bo‘limi texnigi Azimov Ulug‘bek Ikrom o‘g‘li;

      “RRTM” DUK Avtotransport sexi boshlig‘i Xodjixanov Zuxriddin Nuriddinovich.

 

      Aloqa sohasida olib borayotgan samarali va fidokorona mehnatlari uchun taqdirlanganlarga faxriy unvonlar muborak bo‘lsin.

      Shu o‘rinda, “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” Davlat unitar korxonasi sohada faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarni kasb bayramlari bilan tabriklaydi va mustahkam sog‘lik, ishlarida muvaffaqiyatlar, tinchlik va xotirjamlik tilaydi.