A
x up auto down

Оnlayn-darslar boshlandi!

Umumta’lim maktab o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida “onlayn-maktab” loyihasi ishga tushirildi. 

“RRTM” DUK tomonidan “UzDigital TV” MChJning 1-yopiq to‘plami tarkibidagi “National Geographic”, “Eurosport” va “Охота и рыбалка” telekanallari o‘rnida ochiq holda 1-4 sinflar, 5-8 sinflar va 9-11 sinflar uchun “online-maktab” rukni bilan tashkil etilgan televizion videodars mashg‘ulotlarini uzluksiz uzatilishi ta’minlandi.

“UzDigital TV” MChJning 1-yopiq to‘plami tarqatilmaydigan hududlardagi yuqori quvvatli radiotele stansiyalarda videodars mashg‘ulotlari O‘zMTRK telekanallari o‘rniga uzatilmoqda. Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali videodars mashg‘ulotlari qo‘shimcha 3 ta telekanallari orqali ochiq holda tarqatalishi ta’minlandi.

Agar Online-maktab telekanallari Sizning qurilmangiz ro`yxatida mavjud bo`lmasa, qurilmangizni sozlashingizni so`raymiz yoki «avtoqidiruv» funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.