A
x up auto down

"RRTM" DUK xodimlari “Obod yurt" umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etdi

"RRTM" DUK xodimlari 14 mart kuni “Obod yurt" umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etdilar

        Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygan ushbu yirik aksiya “Navro‘z" umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida har bir insonning daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy kadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida "RRTM" DUK markaziy apparati Toshkent teleminora hududi obodonlashtirildi, yo‘lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalanib, tartibga keltirildi. "RRTM" DUK barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdilar.
         Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari "RRTM" DUK jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta  hissa qo‘shadi.