A
x up auto down

Ayrim xorijiy telekanallarining tarqatilishidagi uzilishlar bartaraf etilib, efirlar tiklanganini ma’lum qilamiz.

2020 yil 11 aprelda soat 04:22 dan “Uzdigital TV” tarmogida tarqatilayotgan “Perviy kanal”, “Rossiya-1”, NTV, “Zvezda”, “Match TV”, “Karusel”, RU TV, “Muzika Pervogo”, “Muz TV”, ORT HD va TVS  xorijiy telekanallarning signallari yo‘qolishi kuzatilgan.

Yuzaga kelgan ushbu holat telekanallar signallari qabul qilinadigan, geostatsionar orbitada 85,2 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan “Intelsat-15 / Horizons 2” yer sun’iy yo‘ldoshi tizimidagi texnik sabablarga ko‘ra ro‘y bergan edi.

Ko‘rilgan barcha chora-tadbir asosida telekanallar tarqatilishi tiklanganini ma’lum qilamiz!