A
x up auto down

YOSHLARGA TELEVIDENIYE VA RADIOUZATISH FAOLIYATI YAQINDAN TANISHTIRILDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyat kasb etib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatgandi.

Davlatimiz rahbarining mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari hamda Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi ijrosi doirasida, respublika bo'ylab yoshlar ishtirokida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 21 fevral kuni yoshlarni televideniye va radio aloqasiga qiziqishini oshirish, televideniye va radiouzatish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 70-sonli maktab o'quvchilariga ishtirokida Toshkent teleminorasiga ekskursiya uyushtirildi.

Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda radioeshittirish va televideniyening rivojlanish tarixi, respublika hududlariga teledasturlarni uzatishni tashkil etish, zamonaviy televideniye va radio texnologiyalari, signallarni tarqatish usullari, teleminora tarixi va bugungi faoliyati to‘g‘risida tushuncha va ma’lumotlar berildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3- yo‘nalishi doirasida bu yerda qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, teleminoraga sayoxat mobaynida yoshlar teleminorada turizm salohiyatini oshirish, tashrif buyuruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, minoraga joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan tanishishdi.

Talabalar bilan suhbat davomida yoshlar mamlakatimizning ertangi kelajagi ekanligi, sohada yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi, taraqqiyotga erishish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni puxta egallash zarurligi va shart ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yoshlarda katta taasurotlar qoldirdi va o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tashkil etilgan mazkur tadbir orqali yoshlarning sohaga qiziqishini ortishiga va kelgusida ularga kasb tanlashlarida ijobiy tushunchalar shakllantirildi.