A
x up auto down

Korxona yosh xodimlari ishtirokida davra suxbati tashkil etildi

Bugun, 14 fevral kuni “RRTM” DUKda faoliyat yuritayotgan yoshlarning ijtimoiy faolligini, tashabbuskorligini oshirish, mamalakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ularni xabardor qilish maqsadida, “RRTM” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining Mirobod tumani Kengashi bilan hamkorlikda korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yoshlar Ittifoqining Mirobod tumani Kengashi vakillari va 30 dan ortiq yosh xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbarining mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda respublika bo‘ylab yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, “Yoshlar ittifoqi”ning bugungi  faoliyati, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib o‘tdilar.

Shuningdek, tadbirda buyuk adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan, adibning hayoti va ijodi to‘g‘risida suxbatlashildi.

Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgan. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan. Bobur xalqimizning farzandi sifatida murakkab, suronli hayoti davomida ilm-fan, bunyodkorlik ishlariga alohida e’tibor qaratgani har bir yurtdoshimiz qalbiga faxr-iftixor tuyg‘usini soladi. Bugun biz, ayniqsa, yoshlar uning ijodini o‘rganishi, unga munosib avlod bo‘lishimiz lozimligi to‘g‘risida tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv ochiq, samimiy va o‘zaro muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh xodimlar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.