A
x up auto down

Rahbarlar uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari yakunlandi

Joriy yilning 4-7 fevral kunlari “RRTM” DUK markaziy apparati va hududiy filiallar rahbarlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslari mobaynida tinglovchilarga quyidagi mavzularda malakali professor o‘qituvchilar, ekspertlar va huquqshunoslar tomonidan nazariy va amaliy seminarlar, taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘quv kurslarida:

- koorporativ boshqarish asoslari, biznesni tashkil etish va boshqarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash

- zamonaviy marketing tushunchasi, marketing tamoyillari, maqsad va vazifalari;

- texnik yo‘nalishdagi masalalarni yechish yo‘llari va texnik imkoniyatlar;

- nizolar va ularni boshqarishning psixologik yo‘llari;

- biznes-rejani ishlab chiqish. Biznesni rejalashtirish;

- biznesni boshqarishni psixologik jihatlari;

- korxona faoliyatida Mehnat qonunchiligini qo‘llash;

- O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq Kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularni amaliyotga qo‘llash;

- xo‘jalik sub’ektlar amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni qonunchilik asosida hal etilishi masalalari mavzularida ma’ruzalar o‘qilib, tinglovchilar tomonidan muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quv kurslari jarayonida hududiy filiallar rahbarlari faoliyatda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro amaliy suhbatlar o‘tkazish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

7 fevral kuni malaka oshirish o‘quv kurslari yakunlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “RRTM” DUK Bosh direktori M. Sabirov ishtirok etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari boshqaruv kadrlarining bilim va ko‘nikmalarini o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish, rahbar xodimlarni tayyorlashga, ularning malakasini oshirishga yangicha yondashishni talab etmoqda. Boshqaruvni samarali tashkil etishda yetakchilar, ya’ni rahbar kadrlarning o‘rni va roli beqiyosligi va shu sababdan zamonaviy rahbarlar yangicha dunyoqarashga ega bo‘lishi, respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyatini chuqur anglab yetishi, o‘z ustida muntazam ishlashi talab etiladi. Boshqaruv vazifalarini samarali hal qilish uchun rahbar kadrlar o‘z kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishlari zarur. M. Sabirov so‘zi davomida ayni ushbu masalalarga to‘xtalib, korxonada malaka oshirish ishlarini muntazam, an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari juda foydali bo‘lganligi, ayniqsa, boshqaruvni samarali tashkil etishda nimalarga e’tibor berish muhimligi bilan bog‘liq mavzular, faoliyatdagi mehnat munosabatlarini tartibga solish bilan bog‘liq ma’lumotlar, ma’ruzalarni tinglash bilan birga, ko‘plab savollarga javoblar olganliklarini bildirib o‘tdilar. Shuningdek, o‘quv seminarlarda olingan bilimlar bugungi kunda soha oldiga qo‘yilayotgan vazifalarni bajarishda qo‘l kelishini ta’kidladilar.

Tadbir so‘ngida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.