A
x up auto down

Bektemir va Yashnabod tumanlaridagi umumta’lim maktablarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida, 2020 yilning 1 fevral kuni Toshkent shahri, Bektemir tumanida joylashgan 289-son va Yashnabod tumanidagi 156-son umumta’lim maktablarida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “RRTM” DUK, Toshkent radioteleuzatish markazi mutaxassislari, maktab rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, maktab o‘quvchilarini “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK va Toshkent teleminorasi faoliyati, sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtiish, buning natijasida maktab o‘quvchilarini kelgusida axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi bilim yurtlariga kirib o‘qishlariga zamin yaratishga qaratilgan.

Tadbir davomida yoshlarga mamlakatimizda radioeshittirish va televideniyening rivojlanish tarixi, respublika hududlariga teledasturlarni uzatishni tashkil etish, zamonaviy televideniye va radio texnologiyalari, signallarni tarqatish usullari, teleminora tarixi va bugungi faoliyati, sohada aamalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Suhbat davomida yoshlar mamlakatimizning ertangi kelajagi ekanligi, sohada yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi, taraqqiyotga erishish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni puxta egallash zarurligi va shart ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yoshlarda katta taasurotlar qoldirdi va o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tashkil etilgan mazkur tadbir orqali yoshlarning sohaga qiziqishini ortishiga va kelgusida ularga kasb tanlashlarida ijobiy tushunchalar shakllantirildi.