A
x up auto down

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI XOTIRASI YOD ETILDI

Bugun, 30 yanvar - O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuni.

Shu munosabat bilan yurtimizda Islom Karimovni xotirlash bo‘yicha mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari tashkil etilmoqda.

“RRTM” DUK xodimlari 30 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan Oqsaroy qarorgohidagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi tegishli qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har tomonlama o‘rganish maqsadida tuzilgan.

Dastlab mazkur badiiy majmuada qad ko‘targan, Islom Karimov haykali ostida barcha jam bo‘ldi. Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Shundan so‘ng, majmuada Birinchi Prezidentining xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan badiiy ko‘rgazma bilan yaqindan tanishildi. Ko‘rgazmadan mamlakatimizning taniqli rassomlari tomonidan chizilgan Islom Karimovning eng sara suratlari, haykaltaroshlar tomonidan yaratilgan ijod na’munalari hamda I. Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq foto suratlar joy olgan. Majmua xodimlari tomonidan ko‘rgazmada namoyish etilayotgan barcha ijod na’munalari birma-bir ta’riflanib, kerakli tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Butun umrini Vatan xizmatiga baxsh etgan Islom Karimov hayotining turli qirralarini ochib beruvchi portret va fotosuratlar hech kimni befarq qoldirmadi hamda barchaning ko‘nglida katta tassurotlar qoldirdi.

Mana shunday badiiy ko‘rgazmalar yosh avlodni Islom Karimov hayoti va faoliyati misolida vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.