A
x up auto down

AKT TIZIMIDAGI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI, faollar taqdirlandilar

Joriy yilning 18-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov soha tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Muloqotda videokonferensaloqa orqali viloyatlardagi yoshlar ham ishtirok etishdi.

Vazir uchrashuvda ma'ruza qilib, qator dolzarb masalalarga to'xtalib o'tdi. Xususan, eng muhim yo‘nalishlardan biri axborot texnologiyalari sohasida yetuk kadrlar tayyorlash ekanini qayd etdi. Chunki, dunyo bo‘ylab kun sayin yangi va yangi nou-xaular yuzaga kelmoqda, jahon iqtisodiyotining raqamlashuvi va boshqa ko‘plab omillar texnologiyalar sohasi oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shu tendensiyani yaxshi tushungan tizim jamoasi mamlakat yoshlarini jahon maydonida mustaqil va qat’iy yondashuviga ega bo‘lgan, ma’naviy va jismonan barkamol bo‘lib yetishishlari, zamonaviy yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratfyotganini qayd etib o'tdi.

Muloqotda yoshlarning o‘z ustida ishlashi, izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, mehnatiga yarasha rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ham atroflicha fikrlashildi.

Uchrashuvda yoshlarning tashubbuslari juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Tizimda yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, vazirlik tizimidagi rahbarlarga yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib belgilab olishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muloqot davomida yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga oid takliflar, mulohazalar bildirildi. Vazir Shuhrat Sodiqov ular tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalar yuzasidan sohadagi tegishli korxonalar rahbarlariga topshiriq berar ekan, ayrim iqtidorli yoshlarning takliflarini shaxsan o‘zi bafurja ko‘rib chiqishga tayyorligini, lozim topilsa, ularning amaliyotga joriy qilinishi ustida ish olib borilishini qayd etdi.

Uchrashuvda sohada faoliyat yuritayotgan faol, iqtidorli yoshlardan bir guruhi Vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. 

Taqdirlanganlar qatorida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasining quyidagi xodimlari ham bor:

1. Abduraxmonov Fazliddin Choriyevich - Surxondaryo Radioteleuzatish markazi Texnik ekspluatatsiyani ta'minlash xizmati 2-toifali muhandisi 

2. Yoqubov Rajabboy Ko'palboy o'g'li - Xorazm Radioteleuzatish markazi Texnik ekspluatatsiyani ta'minlash xizmati 1-toifali muhandisi.

Ushbu taqdirlanganlarni chin-qalbimizdan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga, yurtimiz ravnaqi, sohamiz rivoji yo'lidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.