A
x up auto down

Buxoro shahrida aholi vakillarining sayyor qabuli o'tkazildi

«RRTM» DUK rahbariyatining fuqarolar bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni, korxona tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini o'rganish maqsadida muntazam ravishda Respublika hududlarigatashrifi amalga oshirib kelinmoqda. 2019 yilda Respublika hududlarida o'tkaziladigan sayyor qabullar rejasiga muvofiq, joriy yilning 5 dekabr kuni Buxoro shahrida aholi vakillari ishtirokida sayyor qabul uchrashuvi o'tkazildi. Sayyor qabul yig'ilishida "RRTM" DUK Bosh direktori M.Sabirov ishtirok etdi.

Yig‘ilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan hududdagi televideniye va radiodasturlarni uzatib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasida sohaga hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyati, telekommunikatsiya sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga aloqador normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishda «RRTM» DUK Bosh direktori M.Sabirov tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar va tegishli tavsiyalar berildi. Bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida, jumladan radioaloqa, radioeshittirish va televideniye yo‘nalishida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, Buxoro viloyatida ko'rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida xabardor bo‘ldilar hamda o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.