A
x up auto down

"Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" Federal davlat unitar korxonasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2019 yilning 26 noyabr kuni "RRTM" DUKda Rossiya Federatsiyasining "Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" Federal davlat unitar korxonasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda  "Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" Federal davlat unitar korxonasi Bosh direktorining Janubiy Federal okrugi bo'yicha vakolatli vakili Akinshin Yuriy Igoryevich, ichki audit va nazorat departamenti direktori Shurupov Vladimir Nikolayevich, Moskva xududiy markazi (Ostankino teleminorasi) filiali direktorining birinchi o'rinbosari Suleymanov Almaz Zulfarovich, Moskva xududiy markazi (Ostankino teleminorasi) filiali direktorining o'rinbosari Orlov Yevgeniy Vasilyevich hamda "RRTM" DUK Bosh direktori Murodjon Sabirov, texnik direktor Maxmud Turgunov, Kapital qurilish, ta'minot va transport bo'yicha direktor A.Abduazizovб Toshkent radioteleuzatish markazi (Toshkent teleminorasi) direktori Aqiljon Qurbonov ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston va Rossiya o'rtasida barcha sohalarda hamkorlik rivojlanib, munosabatlar mustahkamlanib borayotganligi ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv mobaynida korxonalar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, Toshkent teleminorasi va Ostankino minoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, minoralarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish, minoralar turizmini rivojlantirish, minoralar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli televideniyeni joriy etish kabi masalalar muxokama qilindi va o'zaro tajriba almashildi. 

Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda, o'zaro muloqot ko'rinishida bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'ngida delegatsiya a'zolari samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib o'tishdi.